Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Oʻtgan oyda Telegram faol foydalanuvchilari 700 milliondan oshdi hamda barchaga Telegram rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ekskluziv qoʻshimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beruvchi Telegram Premium obunasini tanishtirdi.
Bugungi yangilanishda xabarlar va izohlarda animatsiyali Telemoji, maxsus animatsiyali emoji toʻplamlari, Telegram Premiumni hadya sifatida berish imkoniyati, ovozli xabarlar uchun yangi maxfiylik sozlamasi va boshqalar taqdim etiladi.
Telegramning animatsiyali emojilarini endi matnli xabarlar va media izohlariga kiritish mumkin. Bu chatlaringizga yanada koʻproq hissiyot qoʻshadi. Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlari tomonidan kichik oʻlchamga koʻp ifodalarni jamlash uchun puxta ishlab chiqilgan va animatsiyalangan 200 ta Telemojidan foydalanishi mumkin.
Xabar yozishni boshlaganingizda yangi dizayndagi emojilar panelini ochuvchi Stiker tugmasi
Emoji tugmasiga aylanadi, natijada emoji toʻplamlaringizga tez razm solishingiz va yangilarini qoʻshishingiz mumkin boʻladi.
Barcha foydalanuvchilar Saqlangan xabarlarida istalgan animatsiyali emojini sinashi yoki qayd va eslatmalariga qoʻshimcha joziba berish uchun ulardan foydalanishi mumkin.
Premium foydalanuvchilar 10 ta maxsus emoji toʻplamidan foydalanish imkoniga ega boʻladi. Ularning har biri unikal qahramonlarga ega oʻnlab emojilardan tashkil topgan va jami 600 ta Premium emojidan iborat.
Barcha toʻplamlar emoji tavsiyalariga qoʻshilgan – :smile
yoki :lol
kabi tezkor tugmalarni kiriting, shunda butun kutubxonadan natijalarni koʻrasiz. Statik emoji kiritilsa ham barcha animatsiyali toʻplamlaringizdan tavsiyalarni koʻrsatadi.
Kayfiyatingizni ifodalash uchun qanday qahramonni tashlashingizdan qatʼi nazar, Premium yoki oddiy boʻlsin, barcha foydalanuvchilar uni xabarlaringizda koʻra oladi.
Yangi emojilar ochiq platformada – istalgan foydalanuvchi unikal sanʼat uslublari va qahramonlarga ega maxsus toʻplamlarni yuklashi mumkin.
Koʻplab mashhur Telemojilar va ularning maxsus muqobillari yakkama-yakka chatlarda yuborilganida interaktiv ham boʻladi – istalgan foydalanuvchi sinxron butun ekran effektlarini ijro etish uchun bosishi mumkin.
Uni
kabi keng tarqalgan emojilar va
kabi yana boshqa emojilar bilan sinang.
iOS uchun ilovada stikerlar paneli Android, desktop va veb ilovalardagi kabi stikerlar, GIFlar va emojilar uchun alohida sahifalar bilan yangi koʻrinishga ega boʻldi.
Barcha ilovalarda GIF boʻlimi endi yaqinda oʻtkazilgan tanlovga yuborilgan ishlar evaziga sevimli film va shoularingizdan minglab yuqori sifatli GIFlarga ega boʻldi.
Premium foydalanuvchilar Har kim, Kontaktlarim yoki Hech kim kabi ularga kimlar ovozli va video xabarlar yubora olishini boshqarish imkonini beruvchi yangi sozlamadan foydalanishi mumkin.
Boshqa maxfiylik sozlamalari kabi ushbu sozlama ham istisnolarni qoʻllab-quvvatlaydi, muayyan odamlar yoki guruhlar sizga ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini Hech qachon yoki Har doim qilib tanlashingiz mumkin.
Agar oq roʻyxatingizdagi kimdir ovozli suhbat uchun noqulay vaqtni tanlasa, har doim ularning ovozli xabarlarini matnga oʻgirishingiz mumkin.
Bu sozlamani oʻzgartirish uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Ovozli xabarlar rukniga kiring.
Endi Telegram Premium taassurotini doʻstlar, oila va hamkasblaringizga 3, 6 yoki 12 oylik obunani chegirma narxida yuborish orqali ulashishingiz mumkin.
Foydalanuvchining profilini oching va yoki
tugmasini bosing va Premium hadya qilish bandini tanlang. Hadya qilingan obuna ushbu foydalanuvchi bilan chatingizga animatsiyali hadya qutisi mavjud boʻlgan maxsus xabar sifatida darhol keladi.
Agar Telegram desktop ilovalaridan biridan foydalanayotgan boʻlsangiz yoki Android ilovasini bevosita veb-saytimizdan yuklab olgan boʻlsangiz, Telegram Premiumga obuna boʻlish yoki uni hadya sifatida berish uchun @PremiumBot kabi botlardan foydalanishingiz mumkin.
Telegram haqida savollar endi Telegram Premium uchun moʻljallangan boʻlimga ega boʻldi. Unda obunangizni qanday boshqarish, u qanday imtiyozlarni taqdim etishi hamda nima uchun u bilan qalbda iliqlik his qilishingiz haqida bilib olishingiz mumkin.
Butun ekranli interaktiv emojilarni yaratish yaxshi anʼana va bugun biz emojilarini qoʻshmoqdamiz. Emojini bosganingizda effekt namoyish qiluvchi katta animatsiyali emojini olish uchun yakkama-yakka chatlarda ulardan birini yuboring:
Bu emojilar hozirda Premium foydalanuvchilari ekskluziv foydalanishi mumkin boʻlgan reaksiyalar sifatida ham mavjud, lekin ular tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ochiladi.
Istalgan foydalanuvchi Premium obunachilar tomonidan qoʻshilgan ekskluziv reaksiyalar hisoblagichlarini oshirishi mumkin.
Buguncha shular. Yoz quyoshidan zavqlaning. Biz esa keyingi yangilanish ustida ishlash uchun har doim yoqimli yertoʻlamizga qaytamiz.
2022-yil, 10-avgust
Telegram jamoasi