AI muharriri, kuchli soʻrovnomalar, jonli rasmlar, botlar boshqaradigan botlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
AI muharriri, Keng qamrovli soʻrovnomalar, jonli rasmlar, boshqariladigan botlar, hujjat skaneri va boshqalar

Bugungi yangilanishda biz matningizni atigi ikkita bosish orqali tarjima qiladigan, oʻzgartiradigan yoki tuzatadigan AI muharriri, soʻrovnomalar uchun media biriktirish va faol soʻrovnomalar uchun yangi javoblarni taklif qilish kabi yangi funksiyalar, barcha ilovalarda jonli va harakatlanuvchi rasmlarni qoʻllab-quvvatlash, boshqa botlarni yarata va boshqara oladigan botlarni va boshqalarni taqdim etamiz.

AI matn muharriri

🍖 Tribal: Sehrli soʻzlar yomon gaplarni toʻgʻrilaydi. Sehrli soʻzlar uslubni oʻzgartiradi. Sehrli soʻzlar tillarni almashtiradi. Ruhlar yordam beradi. Olov sirni saqlaydi. Hammasi Cocoon gʻorida xavfsiz.

Endi xabar panelida matningizni boshqa uslubda qayta yoza oladigan yoki xabaringizni boshqa tilga tarjima qila oladigan, grammatikani darhol tuzatadigan ichki muharrir mavjud — bularning barchasi ochiq manbali AI modellari asosida ishlaydi.

Matn muharriri Formal, Short, Tribal, Corp, Zen, Biblical va Viking kabi turli uslublarni taklif qiladi — ulardan muloqotingizni samaraliroq qilish yoki suhbatlarga ajoyib joziba qoʻshish uchun foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, matn muharriri matningizni tarjima qilishda xorijlik aslzoda yoki koʻp tilli rohibdek eshitilishingiz uchun uslub qoʻshish imkonini beradi.

Telegramning barcha AI funksiyalari kabi matn muharriri foydalanuvchilarga toʻliq maxfiylikni taqdim etish uchun Cocoon tarmogʻidan foydalanadi. Soʻrovlar foydalanuvchi maʼlumotlariga kirish imkonisiz maxfiy muhitda qayta ishlanadi.

Xabar yozayotganda 3 qatordan koʻproq matn kiritgandan keyin “Yuborish” yoyi ustida chiqadigan “Ai” belgisini bosing.

Soʻrovnomalar uchun 10 dan ortiq yangi funksiyalar

🪓 Viking: Soʻrovnomalar arsenali uchun bir nechta yangi qurol, jumladan, jangchi kamaridagi oltin kabi savollar va javob variantlariga mediani bogʻlash kuchi yaratildi. Tor bolgʻasi haqqi, oddiy sozlash runalari jangchiga cheksiz kombinatsiyalar inʼom etadi!

Soʻrovnomaning koʻplab yangi funksiyalari qoʻshildi — endi nimalar qilishingiz mumkin:

  • Savollar va variantlarga media yoki joylashuvlarni biriktirish.
  • Kontekst uchun tavsif qoʻshish.
  • Faol soʻrovnomalarda foydalanuvchilarga yangi variantlarni taklif qilishga ruxsat berish.
  • Har bir variant yonida kim ovoz berganini koʻrsatish.
  • Qatʼiy natijalar uchun qayta ovoz berishni faolsizlantirish.
  • Har bir foydalanuvchi uchun variantlarni aralashtirish.
  • Soʻrovnomalar uchun vaqt cheklovlarini sozlash.
  • Vaqt tugaguncha natijalarni berkitish.
  • Muallif sifatida ovoz bermasdan natijalarni koʻrish.

Shuningdek, soddalashtirilgan soʻrovnoma sozlamalari sizga vaziyat murakkablashganda qayta ovoz berish mumkin boʻlgan yoki bir nechta toʻgʻri variantli kabi yangi turdagi viktorinalarni yaratish imkonini beradi.

Agar guruh chatida koʻrinadigan ovozlar bilan soʻrovnoma yaratsangiz, har safar kimdir javob berganda qaysi variantni tanlagani haqida maʼlumot beruvchi bildirishnoma olasiz.

Soʻrovnoma bildirishnomasi

Endi avvalgi va faol soʻrovnomalar guruh hamda kanal profillaridagi maxsus sahifada chiqadi – shunday qilib faol soʻrovnomalarni topish yoki avvalgi soʻrovnomalar natijalarini koʻrib chiqish oson.

Jonli va harakatlanuvchi rasmlar

🕯 Biblical: Boqing, Telegramning barcha xabarchilariga endi qoʻzgʻaladigan va harakatlanadigan tasvirlar kuchi inʼom etildi. Zero yozilganki, “Koʻzlar tananing chirogʻidir” va endi ular sokinlik ichra hayotni koʻrurlar.

Endi Telegram iOS jonli rasmlari va Android harakatlanuvchi rasmlarini mahalliy tarzda qoʻllab-quvvatlaydi, shu sababli foydalanuvchilar istalgan Telegram ilovasida koʻrish mumkin boʻlgan takrorlanuvchi rasmlarni yuborishi mumkin.

Yuboruvchi media muharririda 3 xil uslubdan birini tanlashi mumkin: Jonli, Takrorlanuvchi va Qaytuvchi. Jonli ochilganda rasmni bir marta ijro qiladi, Takrorlanuvchi uzluksiz ijro qiladi, Qaytuvchi esa takrorlanishda oldinga va orqaga ijro qiladi.

Jonli rasm yuborish uchun media muharririning yuqori burchagidagi “Jonli” tugmasini bosing va biror uslubni tanlang.

Boshqariladigan botlar

💼 Corp: Endi Telegram botlari oʻzlarining bot tarmoqlarini loyihalash, joylashtirish va kengaytirish kabi kuchli yangi qobiliyatni ochdi! Bu strategik burilish har bir istiqbolli odamga AI'ning transformatsiya salohiyatidan foydalanish imkonini beradi, bu esa hech qanday kodlashsiz innovatsion bot yechimlarini muammosiz ishga tushirish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar endi atigi bir nechta bosish bilan oʻz moslangan botlarini yaratishi mumkin. Telegram Bot API oxirgi yangilanishi bilan botlar endi sizning nomingizdan boshqa botlarni yaratish va boshqarish imkoniga ega.

Bu istalgan foydalanuvchiga oʻz botini osongina ishlab chiqish va ishga tushirish uchun hech qanday kodlashlarsiz AI botlaridan foydalanish imkonini beradi.

Boshqariladigan botlar

iOS uchun ilovada hujjat skaneri

🗿 Zen: Telegram endi kamerani har qanday hujjatning PDF skanerlarini chizadigan moʻyqalamga aylantirish vositasiga ega. Ustoz bir vaqtlar soʻragan edi: agar yaproq skanerlansa, u hanuz shamolga shivirlaydimi?

Endi iOS uchun Telegram foydalanuvchilarga oʻz telefonining kamerasi bilan hujjatlar skanlarini yaratish imkonini beradi va bir nechta rasmni bitta faylga birlashtira oladi.

Hujjat skaneri darhol fonni olib tashlaydi, rasmni qirqadi va uni PDF formatiga oʻgiradi. Skanerlash davomida hoshiyani oʻzgartirish, filtr qoʻshish yoki rasmni aylantirish kabi qoʻlda sozlashlarni amalga oshirish uchun rasmni bosishingiz mumkin.

Hujjat skaneri

Hujjatni skanerlash uchun biriktirma menyusini oching va Fayl > Hujjatni skanerlash rukniga kiring.

Norasmiy ilovalar haqida ogohlantirish

Telegramning rasmiy ilovalari maksimal ishonch va shaffoflik uchun tekshirilishi mumkin boʻlgan tuzilmalar hamda shifrlash protokollariga ega boʻlgan toʻliq ochiq manbalidir.

Telegram mustaqil dasturchilarga Telegram ilovasining uchinchi tomon versiyalarini yaratish uchun platforma ham taqdim etadi. Uchinchi tomon ilovalari foydalanuvchilarining profillarida yangi xavfsizlik ogohlantirishi chiqadi — bu boshqalarga ularga yuborilgan xabarlar xavfsizroq boʻlmasligi mumkinligini bildiradi.

Xavfsizlik xatari haqida ogohlantirish

Shu tariqa bu kunning xabarlari oʻz nihoyasiga yetdi, lekin biz tez orada yanada qudratliroq moʻjizalar bilan qaytamiz, chunki inson mehnati hech qachon tugamaydi.


2026-yil 31-mart
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026